ICAT ingliz tili imtihoni tavsifi

Ingliz tili imtihoni haqida batafsil ma’lumot oling va imtihon namunasini yuklab oling.

Ingliz tili imtihoni 90 daqiqa davom etuvchi, turlicha topshiriqlarni o’z ichiga oluvchi 4 bo’limdan iborat test sinovi. Quyida har bir bo’limning tavsifi misollar bilan keltirib o’tilgan:

Tavsif

1-bo’lim

Mazkur bo’limda siz audio materiallar bilan ishlash ko’nikmangizni namoyish etasiz. Har biri 5 ta topshiriqqa ega 2 qismdan iborat. 1-qism dialog bo’lib, test turi bir nechta tanlov. Siz to’g’ri javobni tanlashingiz va uni aylana bilan belgilashingiz lozim.

Tinglash testining ikkinchi qismida ma’ruza/monolog tinglaysiz. Test turi bo’shliqlarni kerakli ma’lumotlar bilan to’ldirish.

Tavsiya etilgan vaqt: 15 daqiqa

2-bo’lim

Ingliz tilini qo’llash (UoE). Siz grammatik bilimlaringiz va so’z boyligingizni matndagi bo’shliqlarni to’ldirish orqali namoyish etishingiz lozim. Test turi bir nechta tanlov. Siz to’g’ri javobni tanlashingiz va uni aylana bilan belgilashingiz lozim.

Namuna: The girl moved forward to get a … view of the cottage.

  1. A) better      B) best      C) well        D) worse

Tavsiya etilgan vaqt: 15 daqiqa

3-bo’lim

O’qish. Siz kerakli ma’lumotlarni topa olish ko’nikmangizni 3 ta matnli topshiriqda namoyish etishingiz lozim. Quyidagi test turlaridan foydalanailadi: gaplarni to’ldirish, To’g’ri yoki Noto’g’ri va bir nechta javobni belgilash. Eslatma: ba’zi topshiriqlarda siz faqatgina ko’rsatilgan miqdordagi so’zlardan foydalanishiingiz kerak bo’ladi. Agar belgilanganidan ko’proq so’zdan foydalansangiz, javob noto’g’ri deya begilanadi.

Tavsiya etilgan vaqt: 20 daqiqa

4-bo’lim

Yozish. Bo’lim bitta topshiriqdan iborat. Ushbu topshiriqda siz umumiy qiziqishlar mavzusi bo’yicha insho yozishingiz kerak. Yozuv uslubi rasmiy. Inshoingiz taxminan 200-250 so’zdan iborat bo’lishi lozim.

Tavsiya etilgan vaqt: 40 daqiqa

Bu muddat javobingizni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun vaqtni ham o‘z ichiga oladi.

So'nggi yangiliklar