Informatika bo‘yicha Foundation
IT olamiga chuqurroq sho’ng’ishga tayyormisiz?
Informatika bo’yicha foundation dasturi kompyuter ilmi, shu jumladan, kiberxavfsizlik, Data Science, sun’iy intellekt, o‘yinlar yaratish yo‘nalishlarida bakalavrning keyingi bosqichini davom ettirishni istovchi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Dastur talabalarga kelgusi qo‘shimcha soha tanlovida cheklovlar qo‘ymaydi. Aksincha, matematika, til va hisoblash ko‘nikmalarini, shu jumladan, kelgusi bakalavr yo‘nalishlarini tanlashda zarur bo’lgan ko‘nikmalarni taqdim etadi.
- Kunduzgi
- Boshlanish vaqti: Sentyabr, Yanvar
Kurs tavsifi
Dastur o‘zining akademik kompetensiyasi va o‘z sohasidagi amaliy ko’nikmalari uchun tanlab olingan professional o‘qituvchilar jamoasi tomonidan o‘qitiladi.
Xususan, siz IT sohasi talabalari uchun zarur bo‘lgan chuqurlashtirilgan matematikani, IT bilan bog‘liq sohalarga e’tibor yo‘naltirilgan aniq maqsadlar uchun ingliz tilini, fan va matematika bo’yicha muammolarni hal qilishni, axborot texnologiyalari va dasturlashni o‘rganasiz.
Mazkur dasturda o‘qish orqali siz bakalavr ta’limida zarur bo‘luvchi bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantirib borasiz. O’zingizning kuchli jihatlaringizga tayanish va kuchsiz jihatlaringiz ustida ishlash orqali siz dastur yakuniga kelib bakalavr ta’limiga tayyor bo’lasiz. Nazorat ostida, mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanishda o‘z ko‘nikmalaringizni qo‘llashga tayyor ekanligingiz sizga ishonch bag‘ishlaydi, bu esa o‘z potensialingizni ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashadi. Siz bakalavr asosidagi 4 bosqichli ta’limni boshlashga va o’zingiz tanlagan soha bo‘yicha malakangizni oshirishga muvaffaq bo‘lasiz.
Do you have more questions?
Qabul talablari
- Ingliz tili
Ingliz tilini bilish bo‘yicha tan olingan sertifikatga ega bo‘lish:
IDU ICAT ingliz tili imtihonida 40% yoki undan ortiq ball olish; yoki
IELTS 5.0 ball, Writing bo‘limida minimum 5.0 ball; yoki
CEFR, TOEFL, DUOLINGO, LINGUASKILL, TOEIC kabi boshqa tillarni bilish sertifikati;
- Matematika
IDU ICAT kirish imtihonlarida matematika bo‘yicha minimum 30% ball olish
- Ta’lim
O‘zbekistondagi o‘rta maktabning 11-sinfi yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji yoki unga tenglashtirilgan xalqaro toifadagi o‘qishni tasdiqlovchi hujjat yoki uning xalqaro muqobili;
- Yosh
O’quv yili boshida 17 yoshga to‘lganlik
Dastur tuzilmasi
Talabalar barcha asosiy modullar va bitta tanlov modulidan umumiy 120 kredit to‘plashlari lozim.
Nomi | Kredit | Davomiyligi | Turi |
---|---|---|---|
Informatika uchun matematika | 40 | 1/2-semestr | Core |
Muloqot va ta’lim ko’nikmalari | 20 | 1/2-semestr | Core |
Informatika asoslari | 20 | 1-semestr | Core |
Nomi | Kredit | Davomiyligi | Turi |
---|---|---|---|
Fan va texnologiyada muammolarga yechim topish | 20 | 2-semestr | Core |
Veb dasturlash asoslari | 20 | 2-semestr | Option |
O’yin yaratish sohasiga kirish | 20 | 2-semestr | Option |
Tanlov fanlari har yili o‘tilmasligi ham mumkin. Ta’lim ishlari jamoasi talabalarning ehtiyojlari va boshqa akademik faktorlarni hisoblab qaror qabul qiladilar.
O‘qish natijalari
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talaba quyidagilarga ega bo‘ladi:
LO1 Matematik va statistik usullardan foydalangan holda real dunyo muammolarini hal qilish
LO2 Turli auditoriyalarga ma’lumot berish uchun og‘zaki va yozma ko‘nikmalardan foydalangan holda ilmiy muloqot qilish
LO3 Bir qator ilmiy va texnologik holatlarda muammoni hal qilish ko‘nikmalarini namoyish etish va qo‘llash
LO4 Bir qator ilmiy va texnologik fanlar bo‘yicha bilimlarni namoyish etish va qo‘llash
LO5 Kasb tanlash nuqtai nazaridan shaxsiy rivojlanishni namoyish etish
LO6 Bir qator ko‘chiriladigan ko’nikmalarni namoyish etish: muammolarni hal qilish; muloqot; loyihalar boshqaruvi; yakka tartibda va jamoada ishlash; o’z-o’zini boshqarish; tegishli manbalardan olingan ma’lumotlarni to’plash, baholash va aks ettirish, shuningdek, kompyuter ilmining qo‘llanilishi sohasidagi talablarga yangi bilim va yechimlarni sintez qilish qobiliyati.
LO 7 O‘qish/ishingiz natijalarini to‘g‘ri va ishonchli tarzda, tuzilgan va izchil dalillar bilan yetkazish
O‘qitish va o‘rganish strategiyasi
Informatika bo‘yicha Foundation dasturida siz ma’ruzalar, qo‘llanmalar, seminarlar va onlayn forumlar va sinf muhokamalarida bir qator o’quv faoliyati bilan shug’ullanasiz.
Raqamli savodxonlik: Barcha bitiruvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchi bo’lishadi. Biroq, keyingi bakalavriat kursida siz savodxonlikni to‘liqroq qamrab olish uchun o‘z ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz, masalan, ma’lumotni qanday topish va axborot asrida samarali mehnat qilishingiz uchun raqamli resurslar va Internetdan eng yaxshi uslublarda foydalanishni o’rganish.
Bilimdon va tashabbuskor: Dasturingiz davomida siz o‘zingizning kasbiy va ishga joylashish qobiliyatingizni rivojlantirishni boshlaysiz. Siz doimo o‘zingizning intellektual qiziqishingizni rivojlantirasiz. Siz o’rganadigan materiallar, uslublar va texnikalar sizni bakalavriatda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga tayyorlash uchun sinchkovlik bilan tanlangan.
Baholash uslubi
Dastur talabalarga ta’lim natijalari va o‘qish darajasiga mos keladigan turli baholash uslubini taqdim etadi. Bilim va tushunishni rasmiy summativ baholash asosan (Baholash asosan bilim va tushunishni umumlashtirgan) yozma imtihonlar va topshiriqlar, ma’lum darajada og‘zaki taqdimotlar orqali amalga oshiriladi. Barcha modullar taqdimotlar (guruh va individual ko‘rinishdagi), insholar, hisobotlar, muammoli topshiriqlar, dars davomidagi testlar, imtihonlar kabi turli baholashlarni taqdim etadi.
Kredit | Kursni o’rganish natijalari |
---|---|
Informatika uchun matematika | LO1; LO6 |
Muloqot va ta’lim ko’nikmalari | LO2; LO5; LO6; LO7 |
Informatika asoslari | LO4; LO6 |
Fan va texnologiyada muammolarga yechim topish | LO1; LO3; LO6; LO7 |
Veb dasturlash asoslari | LO4; LO6 |
O’yin yaratish sohasiga kirish | LO4; LO6 |
Do you have more questions?
Talabalarni qo‘llab-quvvatlash
Talabalarni jalb qilish va qo'llab-quvvatlash xizmatlari:
O’quv mashg’ulotlari, sinfda ishtirok etish, ota-onalar ishtiroki, tasdiqlash guvohnomalar, dars jadvali, guruhlarni taqsimlash, talabalar tadbirlari, turar joy, hujjatli amaliyotlarda yordam, darsdan tashqari tadbirlar, klublar va jamiyatlar haqida:
Email: info@idu.uz
Moliyaviy xizmatlar:
Shartnoma majburiyati, to‘lovlarni to‘lash, qarzni rasmiylashtirish, stipendiyalar va grantlar haqida
Email: info@idu.uz
Ma’muriy xizmatlar:
Talabalar maqomi, tasdiq xatlari, dasturlar va modulni roʻyxatdan oʻtkazish, roʻyxatga olish, akademik huquqbuzarliklar, yengillashtiruvchi holatlar, oʻqishni davom ettirish, yoʻllanmalar, kechiktirish, oʻqishdan chiqish, akademik taʼtil, hujjatlarni taqdim etish haqida:
Email: info@idu.uz
Akademik yordam va ta’limdan tashqari xizmatlar:
Sizning shaxsiy ta’lim ehtiyojlaringiz va qiziqishlaringizni qo‘llab-quvvatlash uchun Universitet talabalar talabiga binoan bir qator darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazadi. Universitetning ilmiy rahbarlariga murojaat qilishingiz kerak
Email: info@idu.uz
Talabalar ittifoqi xizmatlari:
IDU talabalar ittifoqi talabalar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan talabalar tashkiloti boʻlib, sizning fikr-mulohazalaringiz va takliflaringiz uchun ochiqdir. Talabalar ittifoqi universitetga talabalar uchun o‘z xizmatlarini rivojlantirishda yordam beradi va hech bir talaba ortda qolib ketmasligini ta‘minlashga intiladi va har bir IDU talabasi universitet boshqaruvi darajasida talabalar uyushmasi tomonidan vakillik qilish huquqiga ega.
Email: info@idu.uz
Sifatni ta’minlash xizmatlari:
Ta’lim sifati, dastur tuzilmasi va uning ta’lim natijalari, akademik qoidalar va universitet siyosati, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan talabalar tashabbuslari bilan bog‘liq masalalar IDU Sifatni ta’minlash ofisiga murojaat qilishlari mumkin.
Email: info@idu.uz
O‘qish puli
O‘qish puli har yillik asosda qayta ko‘rib chiqiladi. Ma’lum o‘quv yili uchun qabul qilinadigan to‘lov miqdori universitet veb-saytida e’lon qilinadi.
Yil | Shakli | Miqdori |
---|---|---|
2023/2024 | Kunduzgi | 35.000.000 UZS |
Akademik kalendar
Ta’lim dasturi 12 hafta davom etuvchi semestrlarga mo‘ljallangan. Har bir semester yakunida mustahkamlash va baholash haftasi bo‘ladi, ba’zi vaziyatlarda kichik tanaffus ham berilishi mumkin.
IDU sentyabr, yanvar va may semestrlari bilan uch semestr o‘quv yilini olib boradi, yuqorida keltirilgan oy nomlari har bir semestr boshlanishini ko‘rsatadi. Kirish semestriga qarab, sizning o‘qish jarayoningiz ketma-ket ikki semestr davom etadi.
Semester nomi | Davomiyligi |
---|---|
Sentabr | Sentabr-Yanvar |
Yanvar | Yanvar-May |
May | May-Sentabr |