ICAT matematika imtihoni tavsifi
Agar siz IDU ning kirish imihonlarida ishtirok etishni xohlasangiz, unda to’g’ri joydasiz. Bizda imtihon haqida siz bilishingiz lozim bo’lgan barcha ma’lumot va hatto, imtihon namunasi ham mavjud.
Matematika imtihoni 90 daqiqa davom etuvchi (kalkulyatordan foydalanish taqiqlanadi), 20 ta topshiriqdan iborat bo’lib, nomzodning matematika bo’yicha tushunchalari va matematik ko’nikmalarini sinovdan o’tkazadi. Testning har bir savoli alohida va har bir to’g’ri javob uchun bir xil miqdorda – 5 balldan taqdim etiladi.
Tavsif
Test sinovi universitetning boshlang’ich darajadagi dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur bo’lgan asosiy bilimlar bo’yicha tayyorgarlikka urg’u qaratadi. Asosiy formulalar va hisoblash ko’nikmalarini bilish topshiriqlarni bajarish uchun asos sifatida qabul qilinadi, murakkab formulalarni eslab qolish va keng ko’lamli hisoblash talab qilinmaydi.
Test quyidagi mavzular bo’yicha topshiriqlarni qamrab oladi, ammo, bitta namunadagi testda barcha mavzular ham kiritilmaydi:
- Sonlar to’plamlari
- Arifmetika
- Ratsional ifodalar
- Kvadrat ifodalar, tenglamalar va funksiyalar
- Mutlaq qiymat funksiyalari va tenglamalar
- Ko’rsatkichlar va radikallar
- Chiziqli tenglama va tengsizliklar
- Ko’phadlar va ko’phadli tenglamalar
- Funksiyalar va ularning ifodalanishi
- Trigonometriya
- Trigonometrik ifodalar, tenglamalar va funksiyalar
- Logarifmik va ko‘rsatkichli ifodalar, tenglamalar va funksiyalar
- So’zli masalalar
- Ketma-ketliklar va seriyalar
- Differensial hisoblash
- Ikki o’lchamli va uch o’lchamli geometriya
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
- Usmanov M., Oliy O‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun ma’lumotnoma. 1 qism
- Usmanov M., Matematikadan misol va masalalar to‘plami. 1 qism.
- Usmanov M., Oliy O‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun ma’lumotnoma. 2 qism
- Usmanov M., Matematikadan misol va masalalar to‘plami. 2 qism.
- Mathematics (Core and Extended) by Ric Pimentel and Terry Wall. ISBN 978 1 4441 9170 7
- Beginning and Intermediate Algebra by Tyler Wallace. ISBN 978 1 4583 7768 5
Foydalanishga ochiq darslik. Quyidagi manzil orqali olish: http://wallace.ccfaculty.org/book/book.html
Jamiyat va shaxsiy hayotdagi kundalik o‘zaro munosabatlarni tuzuvchi shaxslararo, madaniyatlararo va ritorik nutqni tahlil qilish uchun turli uslubiy vositalardan foydalana olish.
Demokratiyadagi nutq va munozaraning imkoniyatlari, muammolari va tarixini tushunishni namoyish etish va o’z bilimlarini adolatli va insonparvar dunyo uchun ishlatishga tayyor bo’lish.
How to Apply?
- You Apply
Tell us a little about yourself and we’ll help with the rest. Our convenient online application tool takes 1 minute to complete.
- We Connect
After you submit your application, an admissions representative will contact you and will give all information related to the entrance exam, all needed documents and will help you to complete the process.
- You Get Ready
Once you’ve completed your application and connected with an admissions representative, you’re ready to take your entrance exam.