Articles · 03 March 2025
Agar siz dasturchi bo‘lsangiz, 2026 yil oxiriga kelib sizni AI ya’ni sun’iy intellekt ishingizni olib qo‘yadi
Agar siz dasturchi bo‘lsangiz, 2026 yil oxiriga kelib sizni AI ya’ni sun’iy intellekt ishingizni olib qo‘yadi. Bunday prognozni Anthropic kompaniyasining Claude Code arxitektori, Boris Chyorny berdi. Uning aytishicha, dasturchilar o‘rnini endi neyro tarmoqlarni boshqara oladigan mutaxassislar egallaydi. Boris o‘zi 2024 yil oxiridan beri kod yozmaydi, ularning hamkori esa AI yordamida insondan odatda 10–12 oy vaqt oladigan ishni bir soatda bajarar ekan. Katta striming xizmatlaridan biri Spotify’da ham top-dasturchilar oldingi yilning oxiridan beri о’zlari kod yozishmas ekan. Shu bilan, 2023 yildan beri junior dasturchilar uchun ish o‘rinlari 35%ga kamaygan, chunki kompaniyalarga endi faqat kod yozishni biladigan emas, AI-agentlar bilan ishlay oladigan tayyor mutaxassislar kerak. Endi tanlov sizniki: shunchaki kod yozasizmi yoki AI’ni o‘rganib, ishlaringizda ishlatasizmi.
Share
Send link to social networks
or messengers