Articles · 14 April 2025
iPhone ishlatadiganlar bormi?
Bugun 3 ta siz katta ehtimol bilan o‘qimagan, lekin juda xavotirli bo‘lgan, iPhone’ning maxfiylik siyosati va foydalanish shartlarini ko‘rib chiqamiz. 1. Faol holatda turgan mikrofon va kamera kuzatuvi (Live Listening / Background Use) - Ba’zi ilovalar (masalan, Instagram yoki Facebook) kamera yoki mikrofon ruxsatini olgach, foydalanuvchi ilovani ishlatmayotgan vaqtda ham fon rejimida mikrofon yoki kamerani ishlatishi mumkin. 2. Significant Locations (Siz boradigan joylar tarixi) - Telefoningiz sizning qaysi joylarga qanchalik ko‘p borishingizni aniqlab, ularni maxfiy bazada saqlaydi. - Boradigan kafelar, ish joyi, do‘stingiz uyi — hammasi vaqt, sana, va tashrif soni bilan yozib boriladi. 3. Screen Time kuzatuvi - iPhone sizning qanday ilovalarga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatadi, ammo bu ma’lumotlarni siz uchun emas, Apple ekotizimi uchun ham ishlatadi. Masalan: Qaysi ilovalar sizni “hooked” qiladi — bu reklamachilar uchun qimmatli info. Bu ma’lumotlarni bilarmidingiz?
Share
Send link to social networks
or messengers