IDU
Home News and Events 📊 Data Science - bu dunyoni ma’lumotlar orqali tushunish yo‘li.

Articles · 27 July 2025

📊 Data Science - bu dunyoni ma’lumotlar orqali tushunish yo‘li.

Nega aynan sizga shu reklama chiqyapti? Uzum Market yoki Click siz nimani sotib olmoqchligingizni qanday biladi? Bularning barchasi — ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxassislar ishi. 🎯 Data Science — bu ma’lumotlarni tahlil qilish, undagi qonuniyatlarni topish va aniq qarorlar qabul qilishga yordam beradigan modellar yaratishdir. Bu — mantiq, texnologiya va amaliy foyda kesishgan kasb. 🎓 IDU universitetida Data Science yo‘nalishida o‘qib, siz quyidagilarni o‘rganasiz: ✅ Ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash (turli manbalardan ma’lumotlarni yig'ish, tozalash va tahlilga tayyorlashadi) ✅ Ma'lumotlarni tahlil qilish (statistik usullar yordamida ma'lumotlarni o'rganish va undagi qonuniyatlar hamda tendensiyalarni aniqlashadi) ✅ Mashinalarni o'rganish (ML) (ma'lumotlar asosida o'qitiladigan va bashorat qilish hamda tasniflash uchun ishlatiladigan modellarning yaratilishi) ✅ Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish (tahlil natijalarini aniq ifodalash uchun grafiklar, dashboardlar va hisobotlar yaratishadi) Bunga misol sifatida Soliq.uz ni olsak bo‘ladi — bu O‘zbekiston davlat soliq xizmati platformasi bo‘lib, har kuni millionlab tranzaksiyalarni tahlil qiladi. Data Science yordamida tizim: 🔹 Soliq buzilishlarini aniqlaydi. 🔹 Kelajakdagi tushumlarni bashorat qiladi. 🔹 Hisobotlarni avtomatik tayyorlaydi. 📊 2023-yilda QQS yig‘imlari 30% ga oshgan, bu esa aynan raqamli nazorat va tahlil algoritmlari yordamida erishilgan. 📈 Data Science — bugungi eng kerakli va tez rivojlanayotgan kasblardan biri. Agar siz IDU’da shu yo‘nalishni tanlasangiz, siz davlat va xususiy sektorda foydali bo‘lgan ko‘nikmalarni egallaysiz. ‎

Share

Send link to social networks
or messengers

Share